Lekin eng og‘iri — o‘zing suyangan, borligingni fido qilgan insoning sening dardlaringni "bahona" deb atashi ekan. Men unga eng pokiza tuyg‘ularimni va ma’naviyatimni berdim, u esa buni shunchaki o‘yinchoq qildi.
Bugun men undan kechdim. Bu oson bo‘lmadi, ich-ichimdan yemirilayotganimni his qilib turibman. Lekin tushundimki, teshik chelakni qancha to‘ldirmang, u baribir bo‘sh qolaveradi. Agar siz ham kimdir uchun o‘zingizdan kechayotgan bo‘lsangiz, to‘xtang. Sizning qadringizni bilmaganlar uchun sog‘lig‘ingizni va umringizni sarflashga arzimaydi.